21-may – Kutubxonachilar kuni muborak boʻlsin!
21-may – Kutubxonachilar kuni muborak boʻlsin!
Bugun yurtimizda ilm va ziyo xazinadorlari boʻlmish kutubxonachilar kasb bayrami nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan universitetimiz Axborot-resurs markazi (ARM) jamoasini samimiy muborakbod etamiz!
Soʻnggi paytda ARM faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish va toʻliq raqamlashtirish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Xususan, kutubxona tizimini yangi bosqichga olib chiqqan arm.tdmau.uz (shuningdek, lib.tiet.uz) elektron platformasi toʻliq ishga tushirildi. Unda 9 323 nomdagi elektron kitoblar joylashtirilib, kataloglashtirildi.
Bugungi kunda universitetimizning barcha binolarida ARM faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning umumiy fondida 4 329 nomdagi 34 510 dona adabiyotlar mavjud. Talabalarimiz uchun 3 ta binoda 375 oʻrinli oʻquv zallari hamda internetga ulangan 68 dona kompyuter zamonaviy xizmat koʻrsatmoqda.
Ushbu maʼrifat maskanida 13 nafar jonkuyar xodim mehnat qilmoqda. Koʻp yillik boy tajribaga ega Mavjuda Kabulova, Zulfiya Sattarova va Sanobar Rahimovalarning xizmatlari alohida tahsinga loyiq.
💐 Muhtaram kitob dunyosining fidoyilari!
Yosh avlodga ilm ulashish, markazni zamonaviy texnologiyalar asosida yuritishdagi zahmatli va sharafli mehnatingiz uchun tashakkur. Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!