Shavkat Mirziyoyev “Milliy kitobxonlik harakati”ga start berdi
Davlatimiz rahbari Xalqaro kongress markazida Oʻzbekistonda mutolaa madaniyatini yangi bosqichga olib chiquvchi umummilliy dasturni boshlab berdi.
Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi yaqin doʻstlik va strategik sheriklik doirasida boshlangan “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi. Unda umumtaʼlim maktablarining 1-sinfidan 11-sinfigacha boʻlgan oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.
Endilikda har yili mazkur tadbirning final bosqichi Prezident darajasida oʻtkaziladi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etib, bosh sovrin sohibi 50 ming dollar bilan taqdirlanadi. Bu yurtimiz tarixida kitobxonlik boʻyicha eng salmoqli mukofot boʻladi.